Oʻzbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatida 11 ta medalni qoʻlga kiritdi

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida sport kurashlari bo‘yicha qitʼa birinchiligi o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza, jami 11 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Chempionatda yunon-rum kurashi bo‘yicha (67 kg) Abror Ataboyev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Yakkakurashning ushbu turi bo‘yicha Shermuhammad Sharibjonov (63 kg) kumush, Ixtiyor Botirov (55 kg) va Jalgasbay Berdimuratov (87 kg) bronza medaliga ega chiqdi.
Ayollar kurashida Jasmina Immaeva (50 kg) va Laylo Sobirova (57 kg) kumush, Aktenge Keunimjaeva (53 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Erkin kurash bo'yicha O'zbekistonga ikkita kumushni Zafarbek Otaxonov va Bekzod Abdurahmonov va bronza medallarini Bobur Islomov hamda Maxsud Veysalov keltirildi.






