Oʼzbekistonlik mergan Jahon kubogida gʼalaba qozondi

O’q otish bo’yicha Indoneziyadagi Jahon kubogi bosqichida ishtirok etgan Muhammad Kamalov erkaklar o’rtasida 10 metrga pnevmatik to’pponchadan otish dasturida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan yurtdoshimiz finalda ham ishonchli harakatlari bilan faoliyatidagi muhim g‘alabalardan biriga erishdi. Oltin medal uchun kurashda u turkiyalik mergandan ustun keldi.