Oʼzbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyadan qaytdi

Turkiyadan qaytayotgan oʼzbekistonlik qutqaruvchilarni kutib olish uchun, fuqarolar qoʼllarida Vatan bayroqlari va gullar bilan Toshkent Xalqaro aeroportiga chiqdi. Turkiyada 18 kunlik qidiruv-qutqaruv ishlaridan soʼng Oʼzbekiston FVV otryadi Vatanga qaytdi.

Shu vaqt ichida qutqaruvchilarimiz vayronalar ostidan 18 nafar omon qolgan fuqaroni va 200 ga yaqin jasadlarni olib chiqdilar.