O’zbekistonning 4 nafar oliygohlari Britaniyaning yosh universitetlar reytingidan joy oldi

Buyuk Britaniyaning “Times Higher Education” agentligining “Young University Rankings – 2022” (Yosh universitetlar reytingi – 2022) reytingidan ilk bor O‘zbekistonning 4 nafar oliy ta’lim muassasalari o’rin oldi.
Mazkur OTMlar yangi turdagi maqom — “Reportyor” universitetlar qatorida e’tirof etildi. Bular:
Toshkent davlat yuridik universiteti;
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
Turin politexnika universiteti;
Urganch davlat universiteti.
Shu sababli yuqoridagi universitetlar dunyoning TOP universitetlari reytingiga kirish uchun nomzod sifatida qadam tashladi.
Ta’kidlash joizki, “Young University Rankings” reytingi dunyoning 50 va undan kichik yoshdagi eng yaxshi universitetlari ro‘yxatini tuzadi. Ro‘yxat “World University Rankings” flagmani bilan bir xil 13 ta mezon ko‘rsatkichlariga asoslanadi. 2022-yilgi reyting 539 ta universitetni o‘z ichiga oldi va shundan 251 ta oliygoh “Reportyor” maqomiga ega bo‘ldi.






