O‘zbekistonning AQShdagi yangi elchisi ish boshladi

O‘zbekistonning Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi yangi elchisi Furqat Sidiqov Davlat departamenti Protokol bo‘limi boshlig‘i Rufus Giffordga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqda u o‘zining Twitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi uzoq yillik va mustahkam ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan samarali muzokaralar oʻtkazdik”, deya yozib qoldirgan u.
Eslatib oʻtamiz, 3 mart kuni Oliy Majlis Senati O‘zbekistonning AQShdagi elchisi lavozimiga Furqat Siddiqov nomzodini ma’qullagandi.






