O'zbekistonning BAA bilan strategik hamkorligi

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov va Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) Hukumat va kelajak ishlari bo’yicha vaziri Muhammad bin Abdullo al-Gergavi videokonferensiya shaklida muzokaralar olib borishdi, deya xabar berdi Vazirlik matbuot xizmati.

Muzokaralar davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va barcha kelishilgan yo’nalishlar bo’yicha birgalikdagi seminarlar, treninglar va boshqa tadbirlarni o’tkazish uchun loyihalarni amalga oshirishda ko’p qirrali hamkorlikni kengaytirish mavzsida o’tkazildi.

Amirliklar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar o'rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlashni ommalashtirishga qaratilayotgan alohida e'tibor qayd etildi.

Shuningdek, investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy masalalarini muhokama qildilar.

Natijada ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini faol ravishda hal qilish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.