O'zbekistonning eksport salohiyatini qo'llab-quvvatlash uchun 100 mln dollar ajratiladi

Prezidentimiz qabul qilgan qaroriga ko‘ra, eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun “Tiklanish va taraqqiyot” jamg‘armasidan “ Eksportni qo‘llab-quvvatlash ” jamg‘armasiga 100 mln dollar ajratiladi. Bu mablag‘lar 5 yilga 1 foiz stavkada berilishi nazarda tutilgan.
Davlat rahbari ta'kidlashicha, 100 mln dollar mahsulotni tashqi bozorga uzluksiz yetkazib berish uchun korxonalarning aylanma mablag'larini shakllantirishga yo'naltiriladi.
Shuningdek, “Eksportni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi hisobidan ajratiladigan mablag‘lar o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishi lozimligi belgilandi.






