O'zbekistonning Olimpiya formasi "Cosmopolitan Russia" reytingida ikkinchi o'rinni egalladi

2020 yilgi Olimpiada o'yinlari munosabati bilan Cosmopolitan jurnalining rossiyalik tahririyati olimpiya terma jamoalarining beshta eng yaxshi formalari reytingini tuzdi.

Yalpiz-feruza ranglarda tikilgan O'zbekiston terma jamoasining kiyimlari ikkinchi o'rinni egalladi.

Cosmopolitan Russia mualliflarining fikricha: O'zbekiston terma jamoasining formasi barcha jahon trendlariga mos keladi.