Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxirasi koʻpaydi

O‘zbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, 35 mlrd 437,5 mln dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank eʼlon qilgan sharhda keltirilgan.
Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldig‘i 12,3 mln troy unsiyasini tashkil qilmoqda. Uning moliyaviy qiymati 22 mlrd 839,8 mln dollardan 24 mlrd 254,8 mln dollarga oshgan.
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (erkin konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) deyarli oʻzgarishsiz qolgan — 10 mlrd 113,9 mln dollar (42,9 mln dollar).






