O’zbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher Agzamxo’jayev va Dr. Ali Baklan o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher Agzamxo‘jayev Turkiyaning «Baktat Gıda San. Tic. Ltd. Şti» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Dr. Ali Baklanni qabul qildi.
Uchrashuv davomida, 2022-yil uchun rejalashtirilgan loyihalar, xususan, O'zbekiston-Turkiya diplomatik munosabatlarining 30 yilligi doirasidagi tadbirlar haqida fikr almashindi.






