O'zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Kiyevdagi faoliyatini tikladi

Bugun, 22-apreldan boshlab O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Kiyev shahrida o‘zining to‘laqonli faoliyatini boshlaydi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainadagi O‘zbekiston elchixonasi joriy yilning mart oyi o‘rtalarida Kiyevdan Lvov shahriga vaqtincha ko‘chirilgan edi.