Oʼzbekistonning yana 4 ta hududida «Duty Free» doʼkonlari ochiladi

Buxoro va Fargʼona shaharlari hamda “Doʼstlik” (Аndijon) va “Gʼishtkoʼprik” (Toshkent viloyati) chegara bojxona postlarida boj olinmaydigan savdo doʼkonlari paydo boʼladi.
Bu haqda bojxona qoʼmitasi matbuot xizmati ma’lum qilgan.
Duty Free doʻkonlarida mehmonlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va aviachiptani koʻrsatib oʻzlariga yoqqan tovarlarni xarid qilishlari mumkin. Xaridlar joʻnash kunida xalqaro aeroportlarda topshiriladi.
P.S. Bugungi kunga qadar Samarqand va Xivada shunday do’konlar faoliyati yo’lga qo’yilgan edi.






