O'zekspomarkazda qator xalqaro ko'rgazmalar o'z eshiklarini ochdi

O'zekspomarkazda qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat sanoati va qadoqlash texnologiyalari yo'nalishlari bo'yicha UzAgroExpo, UzProdExpo va InterPackExpo ko'rgazmalarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ko'rgazma International Expo Group kompaniyasi tomondan va O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi, O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi ko'magida tashkil etildi.

2021 - yilda birlashgan ekspozitsiyada dunyoning 18 mamlakatidan 120 dan ortiq kompaniya ishtirok etdi. Ishtirokchi mamlakatlar: Belarus Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Daniya Qirolligi, Isroil davlati, Eron Islom Respublikasi, Qozog'iston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi, Koreya Respublikasi, Niderlandiya Qirolligi, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi, Amerika Qo'shma Shtatlari, Turkmaniston, Turkiya Respublikasi, O'zbekiston Respublikasi, Ukraina, Chexiya Respublikasi.

Xorijiy tadbirkorlarning O'zbekiston bozoriga bo'lgan qiziqishi ularning faolligidan dalolat beradi-qatnashchilarning 85 foizi xorijiy kompaniyalar, shu jumladan, jahonga mashhur kompaniyalar, shuningdek, milliy ekspozitsiyalar va jamoaviy stendlardan iborat.