Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari bilan bog'liq xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini tashkil etish bilan bog'liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish bo'yicha subsidiya Qishloq xo'jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta'minoti jamg'armasi hisobidan ajratiladi.

Subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bog'liq xarajatlarning 50 foizi, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so'mdan ko'p bo'lmagan miqdorda;

yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini yaratish bilan bog'liq xarajatlarning 50 foizi, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so'mdan ko'p bo'lmagan miqdorda;

oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog'liq xarajatlarning 50 foizi, lekin har bir loyiha uchun 50 mln so'mdan ko'p bo'lmagan miqdorda.

Loyiha tashabbuskorlari subsidiya olish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, viloyat yoki Toshkent shahar Qishloq xo'jaligi boshqarmalariga arizalarni yozma yoki elektron shaklda taqdim etadi.