Ozodbek Nazarbekov Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lini kutib oldi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li Farg'onaga tashrif buyurdi, u yerda oliy martabali mehmonni O'zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va turizm va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ulug'bek A'zamov kutib olishdi.
Keyin mehmonlar Marg'ilon hunarmandchilik markaziga yo'l oldilar, u yerda M.Chavusho‘g‘li milliy mato, ipak, gilam va boshqa hunarmandlik mahsulotlarini tayyorlash jarayoni bilan tanishdi. Markaz bilan tanishish paytida Turkiyaning tashqi ishlar vaziri "Men O'zbekistonda milliy hunarmandchilik qanday rivojlanib borayotganini ko'rganimdan xursandman" deb ta'kidladi.
Tashrif yakunida maxsus mehmon uchun madaniy dastur tashkil etildi, shundan so'ng Mavlut Chavusho‘g‘li Oltiariq tumaniga agroturizm sohalari bilan tanishish uchun yo'l oldi.






