O'zsanoatqurilishbank ACCA Approved Employer maqomani oldi

“O‘zsanoatqurilishbank”ning buxgalteriya hisobi va audit sohalari mutaxassislari malakasini oshirishning xalqaro standartlariga muvofiqligi rasmiy e’tirof etildi. Sertifikat bankka professionallikni qadrlaydigan va o'z xodimlarining salohiyatini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat beradigan mas'uliyatli ish beruvchi maqomini beradi.
Ta’kidlash joizki, “O‘zsanoatqurilishbank” Markaziy Osiyoda ACCA tomonidan akkreditatsiya qilingan ish beruvchi maqomini olgan birinchi va ayni paytda yagona bank hisoblanadi.
"Bank ACCA a'zolariga eng yuqori darajadagi yordam ko'rsatuvchi va ish beruvchi sifatida ko'rsatildi va biz olgan sertifikat buni tasdiqlaydi" – dedi buxgalteriya hisobi va moliya boshqaruvi departamenti direktori O.Vohidov.
ACCA akkreditatsiyadan o‘tgan ish beruvchi maqomini olishda bank uchun afzallik mahalliy va tashqi bozorda eng yaxshi mutaxassislarni ishga olish imkoniyati va buning natijasida biznesimizning yanada barqaror rivojlanishi hisoblanadi. Ushbu bank xodimlari bo'lgan ACCA talabalari Amaliy tajriba talablaridan ozod qilinadi, bu esa ularga ACCA a'zoligini eng qisqa vaqt ichida olish imkonini beradi.






