Oʻzbek futbolchilari Osiyo futbolining ramziy terma jamoasida

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi(IFFHS) har bir qit’aning 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilaridan iborat 2021 - yilning ramziy terma jamoalari ro‘yxatini e’lon qildi.

Ushbu roʻyxatda O‘zbekiston yoshlar va milliy terma jamoasi a’zosi bo‘lgan darvozabon Abduvohid Ne’matov hamda himoyachi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ham qayd etildi.

Shuningdek, ramziy terma jamoadan dunyo futbolida ham oʻz oʻrnini topib borayotgan Takefusa Kubo, Daiki Matsuoka (Yaponiya), Li Kang In (Janubiy Koreya) kabi isteʼdodlar ham oʻrin olgan.

Osiyo qitʼasining 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoasi tarkibi quyidagicha koʻrinish olgan:

Darvozabon: Abduvohid Neʼmatov (“Nasaf”, Oʻzbekiston);

Himoyachilar: Shumpey Naruse (“Nagoya Grampus”, Yaponiya), Ibrohimhalil Yoʻldoshev (“Paxtakor”, Oʻzbekiston/“Nijniy Novgorod”, Rossiya), Jassim Gaber (“Al Arabi”, Qatar), Tomas Akilina (“Vestern Sidney”, Avstraliya);

Yarim himoyachilar: Li Kang In (“Valensiya”/“Malyorka” (Ispaniya), Janubiy Koreya terma jamoasi), Daiki Matsuoka (“Sagan Tosu”/“Shimizu S-Pals”, Yaponiya), Takefusa Kubo (“Xetafe”/“Malyorka” (Ispaniya), Yaponiya terma jamoasi);

Hujumchilar: Jeong Sang Bin (“Suvon Blyuingz”, Janubiy Koreya), Allohyor Sayyadmanesh (“Fenerbaxche” (Turkiya)/“Zarya” (Lugansk, Ukraina), Eron milliy terma jamoasi), Muhammad Maran (“Al Nassr”/“Al Tai”, Saudiya Arabistoni).