Oʻzbekiston delegatsiyasi Azarbeijan Teknofest texnika festivalida ishtirok etadi

Baykartech asoschisi Selcuk Bayraktar taklifiga binoan Oʻzbekiston delegatsiyasi Baku shahrida boʻlib oʻtayotgan “Azarbeijan Teknofest” texnika festivalida ishtirok etadi.

Festival davomida “Teknofest”ni Oʻzbekistonda ham oʻtkazish, aviatsiya, kosmos va texnologiya sohalarida o‘zaro faol tajriba hamda g‘oyalar almashish yuzasidan muzokaralar olib boriladi.

Oʻzbekistonda ham texnika festivallarini oʻtkazish orqali yosh muhandislar, innovatorlar, texnologlar, aviatsiya va kosmos sohasidagi yangi iqtidorlarni kashf etish maqsad qilingan.