Oʻzbekiston fuqarolarining Tailandda vizasiz qolish muddati uzaytirildi

Qayd etilishicha, Tailand Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2022-yil 1-oktabrdan 2023-yil 31-martgacha boʻlgan davrda mamlakatga kelgach viza oluvchi Oʻzbekiston fuqarolarining ushbu mamlakatda vaqtincha boʻlish muddati 15 kundan 30 kungacha uzaytirildi.

Shuningdek, maʼlumotlarga koʻra, barcha toifadagi fuqarolar uchun emlash sertifikati yoki PZR-testini taqdim etish talabi bekor qilingan.

Bundan tashqari, immigratsiya nazoratidan oʻtayotganda fuqarolardan mehmonxonani band qilganligi toʻgʻrisida hujjat yoki har bir kishi uchun 20 ming Tailand bati (taxminan 550 dollar) miqdorida mablagʻ mavjudligini tasdiqlash talab qilinishi mumkin.