Oʻzbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov boshchiligidagi delegatsiyaning Litvaga tashrifi yakunlandi

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Litva transport-logistika infratuzilmasi imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi hamda litvalik hamkorlar bilan ushbu yo‘nalishdagi o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Ikki mamlakat transport idoralari rahbarlarining muzokaralari natijasida ixtisoslashtirilgan tuzilmalar, logistika kompaniyalari va portlar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, O‘zbekistonning eksport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishga qaratilgan hamkorlikning yangi mexanizmlarini birgalikda ishlab chiqishga kirishish bo‘yicha kelishuvga erishildi.