Oʻzbekiston va Eron OTM oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri universitetlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilindi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hamid Nayirobodiyni qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Eron oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri universitetlararo hamkorlikning hozirgi holati va istiqboldagi rejalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki tomon ham texnika va muhandislik sohasidagi fanlarni rivojlantirishga va ushbu sohalarda kadrlar tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan hamkorlikni yanada jadallashtirishga eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidladi.

Shu bilan birga, energetika, muqobil (alternativ) energiya manbalari, kimyo sanoati texnologiyalari, mashinasozlik, arxitektura va qurilish, qishloq xoʻjaligi, manbashunoslik, tibbiyot hamda farmatsevtika yoʻnalishlarida kelajakda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalasi ham muhokama mavzusining bir qismi boʻldi.