Oʻzbekistonda 1-maydan nimalar oʻzgaradi?

2022-yil 1-mayda biznes va iqtisodiyotga aloqador turli sohalarda kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar bilan tanishing.
• Yangi tahrirdagi yoʻl harakati qoidalari kuchga kiradi;
• Pensiya va nafaqalar naqd pulda beriladi;
• OTM talabalariga stipendiyalarning kamida 50%i naqd shaklda beriladi;
• Pensiyani plastik kartada oluvchilarga qoʻshimcha 1% toʻlab beriladi;
• “Avtomobil tarixi” maʼlumotlarini olish imkoniyati yoʻlga qoʻyiladi;
• “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasi ishga tushiriladi;
• Yoshlarning turizm boʻyicha tashabbuslariga 50 mln soʻmdan grant ajratiladi;
• Oʻzbekistondagi xalqaro aeroportlarda aviaspotting yoʻlga qoʻyiladi;
• Xotin-qizlar faolining oylik ish haqi oshiriladi;
• Mahalla raisining ish haqi miqdori mahallasidagi xonadonlar soniga qarab belgilanadi;
• Migrantlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalariga moddiy yordam koʻrsatiladi;
• Yolgʻiz keksalarning tibbiy-ijtimoiy xizmatlar olishi qulaylashtiriladi.






