Oʻzbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda

Sinoptiklar taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda.
O‘zgidrometning ma’lum qilishicha, hafta oxiriga qadar respublikamizning barcha hududini nisbatan salqin havo massasi qamrab oladi.
Aksariyat hududlarda havo harorati 33-36 darajagacha pasayadi, ammo janubda 39-41 darajaga yetishi haqida ma'lumotlar mavjud.






