Oʻzbekistonda qancha fuqaro koronavirusga qarshi vaksinani olishga rozi?

"Ijtimoiy fikr" - Respublika jamoatchilik fikrini o'rganish markazi COVID-19 ga qarshi emlash bo'yicha jamoatchilik fikrining asosiy pozitsiyalarini aniqlash uchun telefon orqali so'rov o'tkazdi.
Telefon orqali o'tkazilgan so'rov shuni ko'rsatdiki, mamlakat fuqarolarining 53,2 foizi koronavirus infektsiyasiga qarshi emlashga tayyorligini bildirdi, ular emlashni koronavirusga qarshi kurashishning asosiy usuli deb bilishadi.
Fuqarolarning uchdan biridan ko'prog'i (36,5%) emlashdan bosh tortadilar. So'rovning har o'ninchi ishtirokchisi javob berishga qiynaldi.






