Oʼquvchilar zamonaviy gadjetlar orqali qanday bilim olayotgani namoyish etildi

Prezident yangi avlod darsliklari bilan tanishuv jarayonida xalqaro tajriba sinovi darslari bilan tanishdi.

Oʼquvchilar zamonaviy gadjetlar orqali qanday bilim olayotgani namoyish etildi. Chunki bugungi jamiyatimiz texnologiyalar va gadjetlar bilan bevosita bogʼliq. Shu bois oʼquvchilarga taʼlim berishda zamonaviy kommunikatsiya vositalari imkoniyatidan samarali foydalanish, oʼquvchilarning ham oʼynab, ham oʼrganishi uchun sharoit yaratishga harakat qilinyapti.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerda bolalar bilan suhbatlashdi. Oʼquvchilar, xususan, alohida taʼlimga muhtoj bolalar dars jarayonlarini qanday oʼzlashtirayotgani bilan qiziqdi.