«Oʼtkan kunlar» romani asosida yaratiladigan ilk milliy myuzikl

Saida Mirziyoyevaning Instagram sahifasida qayd etilishicha, Аbdulla Qodiriyning 1925-yilda yozilgan mashhur “Oʼtkan kunlar” romani asosida yaratiladigan ilk milliy myuziklning taqdimoti boʼlib oʼtdi.

Loyiha ustida ishlar shu oyda boshlanadi va premyera 2023-yilning avgustiga rejalashtirilgan.

“Umid qilamizki, romanda hikoya qilingan voqea, shuningdek, muallifning shaxsiy qissasi uni sahnalashtirishda ishtirok etgan barchani ilhomlantiradi va biz tomoshabinlar eʼtiborini hali koʼp mavsumlar davomida oʼziga tortadigan durdona asarni koʼramiz!”, deya qayd etgan Mirziyoyeva.