Oʼzbekiston 12 ta davlatga 10,5 mln АQSh dollariga teng ipak va ipak mahsulotlari eksportini amalga oshirgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, Oʼzbekiston 2022-yilning dastlabki ikki oyida 12 ta xorijiy davlatga qiymati 10,5 mln. АQSh dollariga teng boʼlgan ipak va ipak mahsulotlarini eksport qilgan.

Ipak va ipak mahsulotlari eksporti oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 mln. АQSh dollariga oshgan.

2022-yilning yanvar-fevral oylarida Oʼzbekiston eng koʼp ipak va ipak mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:

Xitoy – 3,4 mln.
Vetnam – 2,7 mln.
Tojikiston – 1,8 mln.
Eron – 1 mln.
Hindiston – 959 ming
BАА – 279 ming
Koreya – 196 ming
Turkmaniston – 156 ming АQSh dollari
2 oyda xorijga eng koʼp ipak mahsulotlarini eksport hududlar:

Samarqand viloyati – 3 mln.
Qashqadaryo viloyati – 1,7 mln.
Buxoro viloyati – 1,5 mln.
Аndijon viloyati – 1,1 mln.