Oʼzbekiston 8 oyda $35,5 mlnlik ipak mahsulotlarini eksport qilgan

Davstatqo‘m maʼlumotlariga koʼra, Oʼzbekiston 2021-yilning yanvar-avgust oylarida 14 ta xorijiy davlatga qiymati 35,5 mln. АQSh dollariga teng boʼlgan ipak va ipak mahsulotlarini eksport qilgan.
Ta'kidlanishicha, ipak va ipak mahsulotlari eksporti oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 13 mln. АQSh dollariga oshgan.
2021-yilning 8-oyida Oʼzbekiston ipak va ipak mahsulotlarini eng koʼp eksport qilgan davlatlar:
Xitoy – $18,9 mln.
Tojikiston – $6,4 mln.
Vyetnam – $3,6 mln.
Eron – $3,2 mln.
BАА – $1,5 mln.
Hindiston – $1 mln.
Koreya – $511 ming
Turkmaniston – $265 ming
Аfgʼoniston – $134 ming
Pokiston – $66 ming
Rossiya – $17 ming
Turkiya – $12 ming
Fransiya – $3 ming.






