Oʼzbekiston delegatsiyasi Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasining XI yalpi majlisida ishtirok etadi

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʼzbekiston delegatsiyasi Qirgʼiziston Respublikasi Jogorku Keneshi Raisining taklifiga binoan “Parlament diplomatiyasi – ishonch va hamkorlik asosidir” mavzusida joriy yilning 23-24-iyun kunlari Qirgʼiziston Respublikasining Choʼlpon-Ota shahrida boʼlib oʼtadigan Turkiy tilli mamlakatlar (TurkPА) Parlament assambleyasining XI yalpi majlisida ishtirok etadi.