Oʼzbekiston delegatsiyasining АQShga tashrifi

Joriy yilning 15-17-iyun kunlari Oliy Majlis Senati Raisi – Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʼzbekiston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Аmerika Qoʼshma Shtatlarida boʼladi.
АQSh Kongressi, shuningdek, toʼqimachilik uyushmalari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida toʼqimachilik sohasidagi davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining oʼzaro hamkorligining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.
АQSh ishbilarmon doiralari uchun Oʼzbekiston toʼqimachilik industriyasining savdo-investitsiyaviy salohiyati taqdimoti oʼtkazilishi ham nazarda tutilgan.






