Oʼzbekiston fuqarolarini Ukrainadan evakuatsiya qilish jarayonlari nihoyasiga yetdi

28-fevraldan buyon Ukrainadan Polsha hududi orqali jami 25 ta maxsus reys amalga oshirilib, 5786 nafar O’zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarilgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, Ukraina–Polsha chegarasida konsullik xodimlari, Varshavadagi elchixonada tuzilgan shtab 18 kun davomida tun-u kun ishlagan.
Oʼzbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Boboyevning soʼzlariga koʼra, “Bu juda murakkab va xavotirli davr boʼldi, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan Oʼzbekistonning har bir fuqarosi uchun masʼuliyat Ukraina va Polshadagi diplomatiya vakolatxonalarimiz zimmasiga yuklatildi”.






