Oʼzbekiston hamkorlik qilish uchun TOP-20 ustuvor davlatlar roʼyxatida

Shuningdek, qayd etilishicha, roʼyxatga Xitoy, Hindiston, Misr, Vetnam, BАА, Braziliya, Indoneziya, Meksika, Turkiya, Ozarbayjon, Serbiya, Isroil, Moʼgʼuliston, Saudiya Аrabistoni, Tailand, Eron, Bangladesh, Senegal, Jazoir kiritilgan.

Eksport va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun istiqbolli tovar va tarmoqlar ham aniqlangan.

YeIK sanoat siyosati departamenti direktori Nikolay Kushnarevning soʼzlariga koʼra, sanoatda yashil texnologiyalarni rivojlantirish, YeOII hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish, kooperatsiya va eksport yoʼlidagi toʼsiqlarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, sanoat mahsulotlarini tashqi bozorlarda sertifikatlash va qoʼshma integratsiya loyihalarini moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqishga eʼtibor qaratish lozim.