Oʼzbekiston-Hindiston strategik sherikligi barcha ustuvor sohalarda izchil kengaymoqda

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modini ushbu mamlakat mustaqilligining 75 yilligi munosabati bilan tabrikladi.
Qutlovlarda, jumladan, soʼnggi yillarda Oʼzbekiston-Hindiston strategik sherikligi barcha ustuvor sohalarda izchil kengayib borayotgani qayd etilib, birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan hamkorligimiz kelgusida ham doʼst xalqlarimiz manfaatlari yoʼlida taraqqiy etib borishiga ishonch bildirilgan.
Davlatimiz rahbari Hindiston xalqiga tinchlik, ravnaq va farovonlik tiladi.






