«Oʼzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni taʼsis etildi

Esdalik nishoni bilan Oʼzbekiston fuqarosi boʼlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Prezidentning tegishli farmoniga koʼra,

nishon bilan Oʼzbekiston mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish,
mudofaa qudratini oshirish, davlat sarhadlarining daxlsizligini taʼminlash, tinchlik va barqarorlikni,
millatlararo doʼstlik va totuvlikni asrash kabi sharafli vazifalarni amalga oshirib kelayotgan barcha soha vakillari mukofotlanishi mumkin.