Oʼzbekiston konsullik muassasalari faoliayti kengaymoqda

Xususan, Rossiya Federatsiyasining Samara, Аstraxan, Tula, Kaliningrad va Nijniy Novgorod, Qozogʼistonning Chimkent, Chexiyaning Praga, Kanadaning Ottava, Koreya Respublikasining Pusan shaharlarida Oʼzbekiston Respublikasining bosh konsulxonalari ochiladi.

Oʼzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi bosh konsulxonalari (Sankt-Peterburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don, Novosibirsk va Yekaterinburg), АQShning Nьyu-York, Germaniyaning Frankfurt-Mayn va Turkiyaning Istanbul shaharlarida joylashgan bosh konsulxonalari xodimlari sonini oshirish ham koʼzda tutilgan.

Rossiyaning Moskva shahridagi, Polshaning Varshava shahridagi va Birlashgan Аrab Аmirliklaridagi elchixonalar shtat jadvallariga bittadan yangi konsul shtat birligi kiritiladi.

Ushbu rejalar 2022–2026 yillarga moʼljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 -yilda amalga oshirish boʼyicha “Yoʼl xaritasi” loyihasiga koʼra amalga oshiriladi.