Oʼzbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasining Turkmaniston Milliy Gengeshi Xalq Maslahati raisi bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi

Joriy yilning 12-may kuni Oʼzbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasining Аshxobod shahriga tashrifi doirasida Orqadogʼ, Turkmaniston Milliy Gengeshi Xalq Maslahati raisi Gʼ.Berdimuhamedov bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvda tomonlar soʼnggi yillarda Oʼzbekiston-Turkmaniston hamkorligi jadallashib, ikki mamlakat xalqlarining koʼp asrlik doʼstligi, mushtarak tarixi va madaniyati hamda anʼanalariga asoslangan strategik sheriklik darajasiga koʼtarilganini taʼkidladi.

Shuningdek, tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan samarali parlament nazorati muhimligini taʼkidladi. Xususan, qonun chiqaruvchi organlar imzolangan shartnomalarni huquqiy jihatdan taʼminlash, ularning ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini taʼminlash, bundan tashqari, qonun ijodkorligi boʼyicha tajriba almashish boʼyicha saʼy-harakatlarini amalga oshiradi.

Ikki mamlakat hududlari oʼrtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Orqadogʼ davlatimiz rahbarining Markaziy Osiyoda yetakchi ayollar muloqotini tashkil etish tashabbusi oʼz vaqtida ekanini taʼkidladi va Oʼzbekistonning 2021-yilda undagi raisligini yuqori baholadi. Bu maydon gender tenglik, xotin-qizlarning oila, jamiyat va davlat taraqqiyotidagi oʼrni kabi dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qilish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

Tomonlar mamlakatlarimiz tomonidan yoshlar siyosatiga qaratilayotgan alohida eʼtiborni inobatga olib, Oʼzbekiston va Turkmaniston parlamentlarining yosh aʼzolari oʼrtasida zamon talablarini hisobga olgan holda aloqalarni yoʼlga qoʼyish va faollashtirish muhimligini taʼkidladi.