Oʼzbekiston Prezidenti Ozarbayjon delegatsiyasini qabul qildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Oʼzbekiston, Ozarbayjon va Turkiya vazirlarining uch tomonlama yigʼilishi tadbirlarida ishtirok etayotgan Ozarbayjon delegatsiyasini qabul qildi.
Ozarbayjon tomonidan tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov, iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov hamda raqamli rivojlanish va transport vaziri Rashad Nabiev ishtirok etdi.
Ikki davlat yetakchilarining kelishuvlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Savdo, investitsiya, transport, logistika, sanoat va qishloq xoʼjaligi sohalarida aniq loyihalarni ilgari surishni jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.






