Oʼzbekiston Prezidenti Qozogʼiston xalqi va Prezidentiga taʼziya yoʼlladi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktubida qardosh Qozogʼiston hududidagi fojeali voqealar va ularning natijasida koʼplab harbiylar va aholi vakillari nobud boʼlgani hamda ogʼir jarohatlar olgani, koʼrilgan katta talofatlar munosabati bilan Prezident Qosim-Jomart Toqaevga va Qozogʼiston xalqiga chuqur taʼziya izhor etilgan.
Davlatimiz rahbari Vatan osoyishtaligi va mamlakat xalqining himoyasi yoʼlida qurbon boʼlgan fidoyi farzandlarning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini tilagan.






