Oʼzbekiston - Qozogʼiston: avtobus qatnovi qayta tiklanadi

Joriy yilning 16-martidan Oʼzbekiston va Qozogʼiston oʼrtasida ikki tomonlama muntazam xalqaro avtobus yoʼnalishlarida qatnovlar qayta tiklanadi.
Shuningdek, Qozogʼiston Respublikasi orqali Rossiya Federatsiyasi va Qirgʼiziston Respublikasiga tranzit avtobus tashuvlarini tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
2022-yil 16-martdan tashuvchilar tomonidan Toshkent – Nursulton, Toshkent – Olmaota, Toshkent – Qiziloʼrda, Toshkent – Turkiston, Toshkent – Irgeli, Chirchiq – Chimkent, Chirchiq – Olmaota yoʼnalishlarida qatnovlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
P.S. Oʼzbekiston va Qozogʼiston oʼrtasidagi xalqaro avtobus qatnovlari koronavirus pandemiyasi sababli 2020-yil 16-mart kuni toʼxtatilgan edi.






