Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-yanvar kuni diplomatik munosabatlar oʼrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan oʼtkaziladigan “Markaziy Osiyo davlatlari - Xitoy” onlayn sammitida ishtirok etadi.
XXR Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbir kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy oʼrtasidagi 30 yillik hamkorlik yakunlari sarhisob qilinadi, koʼp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari koʼrib chiqiladi va amaliy hamkorlikning istiqbolli sohalari belgilab olinadi.
Onlayn sammit yakunida Qoʼshma bayonot qabul qilinishi rejalashtirilgan.






