“Oʼzbekiston Respublikasi xalq oʼqituvchisi” faxriy unvoni

Prezident farmoniga binoan, Sergeli tumani 300-maktab direktori Saidxodjayeva Nigora Ergashevnaga «Oʼzbekiston Respublikasi xalq oʼqituvchisi» faxriy unvoni berildi.

N.E.Saidxodjayevaga «Oʼzbekiston Respublikasi xalq oʼqituvchisi» faxriy unvonini berish toʼgʼrisida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni:

Xalq taʼlimi sohasidagi koʼp yillik samarali mehnati, yosh avlodni ezgu gʼoyalar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, jonajon Vatanimiz va xalqimizga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash, kelajagimiz egalari boʼlgan yoshlar qalbida ilm-fan va bilimga intilish, mehnatsevarlik va bagʼrikenglik koʼnikmalarini shakllantirish va mustahkamlashga qoʼshgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Toshkent shahri Sergeli tumani 300-maktab direktori Saidxodjayeva Nigora Ergashevnaga «Oʼzbekiston Respublikasi xalq oʼqituvchisi» faxriy unvoni berilsin.