Oʼzbekiston – Eron: Fan va innovatsiyalar forumi

Eron Islom Respublikasining ilm-fan va texnologiyalar boʼyicha Vitse-prezidenti S.Sattorining Oʼzbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida bugun, 20-iyul kuni Eronning Fan, tadqiqotlar va texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Oʼzbekiston-Eron fan va innovatsiyalar forumi” tashkil etildi.
Mazkur forumda, Eron Islom Respublikasining vitse prezidenti Sorena Sattori maʼruza qilib hamkorlik aloqalariga to’xtaldi.
Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov Oʼzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi haqida ham ma’lumot berdi.
Shuningdek, Forumda Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse prezidenti Baxtiyor Ibragimov Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlari tomonidan yaratilgan muhim ilmiy natijalar toʼgʼrisida, Eron Islom Respublikasining Oʼzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hamid Nayyirobodiy ikki davlat oʼrtasida ilm-fan va innovatsion faoliyat sohasidagi hamkorlik, Qishloq xoʼjaligi vazirligi xuzuridagi “Oziq ovqat va qishloq xoʼjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi” direktori Аlisher Shukurov qishloq xoʼjaligi tarmogʼiga samarador innovatsion texnologiyalarini joriy qilish istiqbollari toʼgʼrisidagi maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.






