Oʼzbekiston – Saudiya Аrabiston: munosabatlarini kengaytirish maqsadidagi faol hamkorlik

Oʼzbekiston hukumat delegatsiyasining Saudiya Аrabistoniga tashrifi chogʼida mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari koʼp qirrali ikki tomonlama munosabatlarning istiqbolli yoʼnalishlarini muhokama qilish va oʼzaro manfaatli yangi “oʼsish nuqtalarini” kashf etish maqsadida saudiyalik hamkor va ishbilarmonlar bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar oʼtkazdilar.

Xususan, Saudiya Аrabistonining «ACWA Power», «Al Rajhi», «Dr. Sulaiman Al-Habib», «Saudi German Hospitals», «Saudi National Bank», «Maaden», «Dar Al Arkan» i «Al Hokair» kompaniyalari rahbariyatlari bilan muzokaralar oʼtkazildi.

Meva-sabzavotchilik va chorvachilik, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, toʼqimachilik sanoati va qurilish sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari har tomonlama va konstruktiv tarzda koʼrib chiqildi.

Sogʼliqni saqlash sohasiga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, tashhis qoʼyish, oʼquv va ilmiy-tadqiqot boʼlimlarini birlashtirgan koʼp tarmoqli tibbiyot muassasalari va tibbiy klasterlarni tashkil etish, shuningdek tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish sohasida hamkorlik qilish toʼgʼrisida dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Oʼzbekiston tijorat banklarini xususiylashtirishda Saudiya Аrabistoni banklari vakillarining ishtirok etishi orqali ular bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Oʼzbekiston va Saudiya Аrabistoni oʼrtasida yoʼlovchi va yuk aviatashuvlari hajmini oshirish chora-tadbirlari koʼrib chiqildi.