Oʼzbekistonda 107,4 trln. soʼmlik qurilish ishlari amalga oshirilgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2021-yilda Oʼzbekistonda jami 107,4 trln. soʼmlik qurilish ishlari bajarilgan. 2020-yilga nisbatan oʼsish surʼati 106,8 % ni tashkil etgan.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 5,6 trln. soʼmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 5,2 % ga teng.

Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 101,8 trln. soʼmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 94,8 % ga teng.

Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 29,7 trln. soʼmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 56,4 trln. soʼmni tashkil etgan.