Oʼzbekistonda doimiy aholi soni har kuni oʼrtacha 1,8 ming kishiga koʼpaymoqda

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning 1-iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,6 mln. kishini tashkil etmoqda.
Yil boshidan buyon doimiy aholining oʼsish surʼati 0,9 % ga oshgan.
Mamlakatimiz aholisi yil boshidan buyon har oyda oʼrtacha 55,3 ming kishiga koʼpaygan.






