Oʼzbekistonda doimiy aholi soni har kuni oʼrtacha 1,8 ming kishiga oshmoqda

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning 1-aprel holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,4 mln. kishini tashkil etmoqda.

Mamlakatimiz aholisi yil boshidan buyon har oyda oʼrtacha 54,2 ming kishiga koʼpaygan.

Yil boshidan buyon doimiy aholining oʼsish surʼati 0,5 % ga oshgan.