Oʼzbekistonda havo harorati sezilarli darajada pasayishi kutilmoqda

25-27-sentabr kunlari Oʼzbekiston hududiga Volga boʼyi hududlaridan salqin va biroz nam havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. 26-sentabrda shimolda va 27-sentabrda respublikaning barcha hududlarida havo harorati kechalari +10 +13 darajagacha, kunduzi esa +22 +25 darajagacha pasayishi aytilmoqda.
25-sentabrda Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 26-27-sentabr kunlari respublika boʼyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang ko’tarilishi kuzatilishi taxmin qilinmoqda.
Bundan tashqari 25-26-sentabr kunlari Qoraqalpogʼistonda, 27-sentabr kuni esa, Surxondaryo viloyati va Fargʼona vodiysi viloyatlarida shamol tezligi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.
Shuningdek, 25-26-27-sentabr kunlari Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida hamda respublikaning togʼ oldi va togʼli hududlarida yomgʼir yogʼishi, momaqaldiroq kuzatilishi haqida ma’lum qilinmmoqda.
25-sentabr kuni Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 26-sentabr kuni Baland togʼlarda (2500 m dan yuqorida) yomgʼir qorga aylanishi ehtimoli ham mavjud.






