Oʼzbekistonda mobil aloqa bilan taʼminlangan abonentlar soni 30 955,8 ming nafarni tashkil etgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning 1-oktabr holatiga koʼra, Oʼzbekistonda mobil aloqa bilan taʼminlangan abonentlar soni 30 955,8 ming nafarni tashkil etgan.

Shundan, 26 066,9 ming nafari aholida qayd etilgan. Аholining mobil aloqa bilan taʼminlanganligi har 100 kishi hisobiga 73 birlikni tashkil etdi.