Oʼzbekistonda uch oyda 24,1 trln soʼmlik qurilish ishlari bajarilgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʼzbekistonda 24,1 trln soʼmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Bajarilgan qurilish ishlari hajmi oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 6,3 % ga oshgan.

Qurilish ishlari hajmi tarkibidan quyidagilar o’rin olgan:

kichik korxona va mikrofirmalar – 58,6 %

yirik tashkilotlar – 23,5 %

norasmiy sektor – 17,9 %.