Oʼzbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 15 497 tani qayd etgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yil 1-dekabr holatiga respublikamizda faoliyat koʼrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 15 497 tani tashkil etgan. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 2 389 taga oshgan.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʼrsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

    Rossiya – 3 055 ta;
    Turkiya – 2 171 ta;
    Xitoy – 2 115 ta;
    Qozogʼiston – 1 235 ta;
    Koreya – 919 ta;

Xorijiy kapital ishtirokida 2022-yilning 11 oyida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

    Rossiya – 842 ta;
    Turkiya – 331 ta;
    Xitoy – 245 ta;
    Qozogʼiston – 174 ta.